Dowo

Narx ochiq. Hammasi so'mda.

Oylik to'lov, daqiqa limiti va nima kirishi pastda yozilgan. Yashirin to'lov va "narxni so'rang" yo'q.

Tariflar yuklanmoqda...

Daqiqa qanday hisoblanadi

Limit AI bilan suhbat vaqtiga qo'llanadi.

Hisoblanadi

  • AI mijoz bilan gaplashgan vaqt (kiruvchi va chiquvchi qo'ng'iroq)
  • Hisob ochilgan kundan boshlab har oy yangi davr

Hisoblanmaydi

  • Operator mijoz bilan gaplashgan vaqt
  • Operator panelidagi va admin paneldagi ishlar

Limit tugasa

  • AI yangi qo'ng'iroqlarga javob bermaydi, ular operatorlaringizga o'tadi
  • Qo'shimcha to'lov olinmaydi. Yangi davrda yoki tarif almashganda AI qaytadi

Hamma tariflarda bor

Tariflar faqat daqiqa, operator va SIP raqam soni bilan farq qiladi. Xususiyatlar bir xil.

Qo'ng'iroq

  • AI telefonga o'zbek, rus va ingliz tillarida javob beradi
  • Kompaniya bilimlar bazasidan javob. Bazada yo'q savol operatorga o'tadi va "javobsiz savollar" ro'yxatiga tushadi
  • Jonli operatorga ulash va brauzerda gaplashish
  • Chiquvchi qo'ng'iroqlar va qarz eslatmasi

Nazorat

  • Suhbat yozuvi, matni va xulosasi
  • Sifat nazorati va agent sinovlari
  • Ish vaqti jadvali va qayta qo'ng'iroq ro'yxati
  • Telegram orqali kunlik xulosa va savol-javob

Ma'lumot

  • Mijozlar kartochkasi (ichki mini-CRM)
  • Odoo 20 moduli, Bitrix24 va amoCRM ulash (Bitrix24 va amoCRM haqiqiy akkauntlarda sinov bosqichida)
  • Har kompaniya o'z ma'lumoti bilan ajratilgan
  • Parol, rollar va audit jurnali

Savollar

To'lov qanday amalga oshiriladi?
To'lov usullari hisob ochilganda kelishiladi.
To'lov kechiksa nima bo'ladi?
Tarifni almashtirish mumkinmi?
Ha. Yuqoriroq tarifga o'tganda limitingiz darrov oshadi.
Telefon raqamni o'zimiz olamizmi?
Siz o'z SIP provayderingizdan raqam olasiz va Dowo'ga ulaysiz. Provayderning daqiqa to'lovi alohida va narxga kirmaydi.